Jahon | 21:30 / 15.11.2018
18466
2 daqiqa o‘qiladi

Oksford lug‘ati yil so‘zini e'lon qildi

Oksford lug‘ati toxic (zaharli) so‘zini 2018 yilning “yil so‘zi” deb e'lon qildi. Ta'kidlanishicha, ushbu so‘z ingliz tilida XVII asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan. 

Lug‘at mualliflarining ta'kidlashicha, ushbu so‘zga qiziqish joriy yilda ancha oshgan. Bu so‘zning ma'nosi keltirilgan sahifani ko‘rish soni 45 foizga ko‘paygan. Ushbu so‘z “zaharli kimyoviy moddalar” , “zaharli maskulinlik” va “zaharli modda” iboralarida ko‘proq qo‘llangan.  

Mutaxassislarning fikricha, “zaharli kimyoviy moddalar” va “zaharli modda” iboralariga qiziqish Buyuk Britaniyada GRUning sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi zaharlangandan keyin oshgan. “Zaharli maskulinlik” iborasi esa jinsiy tegajog‘liklar bilan bog‘langan bo‘lib, bu bilan bog‘liq bir nechta mojarolardan keyin dolzarb iboraga aylangan. Bundan tashqari, bu iboraning ommaviylashishiga jinsiy tegajog‘liklarga qarshi #MeToo harakati sababchi bo‘lgan.

2017 yilda lug‘at “yoshlar isyoni” (youthquake) so‘zini yil so‘zi deb e'lon qilgandi.

Bundan avvalroq Collins Dictionary lug‘ati noshirlari 2018 yilning bosh so‘zi sifatida “single-use” – “bir martalik” iborasini tanlashgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid