Sport | 09:07 / 20.11.2016
9694
2 daqiqa o‘qiladi

APL jamoalaridan biri Messi uchun rekord darajadagi mablag‘ to‘lashga tayyor

Lionel Messi "Barselona"ni tark etishi mumkin.

Mirror nashriga asoslanib, "Tribuna.uz" xabar berishicha, argentinalik futbolchini sotib olishga "Manchester Siti" katta qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi rahbarlarining qarorlari shunchalik jiddiyki, ular Messiga 200 mln funt sterling (230 mln yevro) to‘lashga tayyorlar. Messining o‘ziga esa haftasiga 500 ming funt sterlinglik maosh taklif qilinishi rejalashtirilgan. 

"Siti"da ularga bunda klub bosh murabbiyi, Messining sobiq murabbiyi – Xosep Gvardiola qo‘l kelishiga ishonchlari komil. Nomdor murabbiyga ham Angliyada, ham Chempionlar Ligasida yetakchilik qiladigan jamoani yaratish uchun cheklanmagan mablag‘lar va'da qilingan.

Messining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Messi "Barsa" bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni Yangi yildan keyin boshlaydi. Biroq ba'zi OAV ma'lum qilishicha, argentinalik Katalon klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid