20:46 / 20.11.2016
11912

Odil Ahmedov «Krasnodar» g‘alabasiga hissa qo‘shdi

Rossiya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Krasnodar» Yekaterinburgning «Ural» jamoasini o‘z uyida qabul qilib yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida mezbonlar raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi. Ikkinchi bo‘limda jamoaning asosiy futbolchilari Fyodor Smolov va Odil Ahmedovlar zaxiradan maydonga tushirilgach, Igor Shalimov shogirdlari 8 daqiqa ichida uch bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. 

Mezbonlar tomonidan kiritilgan golga O‘zbekiston terma jamoasi sardori hammualliflik qildi. Ahmedov birgina to‘p uzatish bilan Joaozinoni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga olib chiqdi va braziliyalik futbolchi bu imkoniyatdan unumli foydalanib yirik hisobni ta'minladi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Krasnodar» hisobidagi ochkolar soni 24taga yetdi va jamoa 5-o‘ringa muqim joylashib oldi. Peshqadam «Spartak» bilan oradagi farq 7 ochkoni tashkil qilmoqda. Biroq «Spartak» 14-tur o‘yinini endi o‘tkazadi va oradagi farq yana oshishi mumkin.

Rossiya chempionati
14-tur

Krasnodar – Ural 3:0 (0:0)
Gollar: 
Gazinskiy (66), Smolov (71), Joaozino (74).

Krasnodar: Kritsyuk, Naldo, Yendjyeychik, Kaleshin, Grankvist, Gazinskiy, Kabore, Bistrov (Odil Ahmedov, 61), Pereyra (Torbinskiy, 81), Joaozino, Ari (Smolov, 46).
Ural: Zabolotnyy, Dinga, Fontanello, Dantsev, Fidler, Podoksenov (Stavpets, 72), Chanturiya, Kulakov, Korobov (Pavlenko, 61), Lungu (Bugui, 86), Pavlyuchenko.

 

Manba: tribuna.uz

Top