Jahon | 22:50 / 21.11.2016
6388
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya «normand to‘rtligi» yana bir bor yig‘ilishi haqida ma'lum qildi

Foto: © RIA Novosti

«Normand to‘rtligi»ning Tashqi ishlar vazirlari Ukrainadagi vaziyatni muhokama etish uchun yaqin vaqtlar ichida yana bir uchrashuv o‘tkazishi mumkin. Bu haqida GFR TIV rasmiy vakili Martin Sheferga asoslanib TASS agentligi xabar tarqatgan.

«O‘ylaymanki, yaqin kelajakda vazirlar uchrashuvi o‘tkaziladi, ammo men buni hozircha rasman tasdiqlay olmayman, boshqa hamkorlar [Rossiya, Ukraina, Fransiya] bilan gaplashib olish kerak», — degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Minsk kelishuvlariga amal qilishni nazarda tutuvchi «yo‘l xaritasi» ishlab chiqiladi.

«Ba'zan oldinga qadam tashlanadi, ba'zan ortga. "Normand to‘rtligi" sammitidan keyin hududda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv rekord darajada ko‘p marta buzildi. Keyingi kunlarda vaziyat nisbatan yaxshilangan bo‘lsada, inqirozli holat bartaraf etildi deb bo‘lmaydi», — deya qayd etgan Shefer.

Shefer ma'lum qilganki, Ukrainada qurolli missiyani tashkil qilish g‘oyasi muhokama etilmagan.

«Hozircha bunday gap yo‘q. Bu murakkab masala, bu tashkilot tajribasidan o‘tmagan», — degan u.

Shefer shuningdek Ukraina tomoni, xususan, ukrainaliklar prezidenti Petro Poroshenko Donbassga qurolli kuchlarni olib kirish taklifini bildirgan.

Mavzuga oid