Germaniya OAV Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «normand törtligi» uçraşuvida iştirok etiş maqsadida Berlinga kelişini şov-şuvli voqea sifatida yoritmoqda. 

«Bu kiçik siyosiy şov-şuvdir: Germaniya kansleri Angela Merkel 19 oktabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Berlinda qabul qiladi. Bu yerda, Ukrainadagi inqiroz va Suriyadagi uruşga boğliq muzokaralar bölib ötadi», — deb yozadi Huffington Post gazetasining Germaniyada çop etiladigan naşri.

Qayd etilişiça, Putinning taşrifi kutilmagan voqelikdir, çunki sönggi pallaga qadar rasmiy Kreml ma'muriyati Putinning safarini tasdiqlamadi. 

Öz navbatida, Deutsche Welle ta'kidiça, «tört davlat rahbarining Germaniya poytaxtida qöşma muzokaralar ötkazişi kansler uçun katta yutuğidir», çunki normand törtligi şaklidagi muzokaralar boşi berk köçaga kirib qolgan va ötgan yil oktabr oyidan beri ötkazilmayotgan edi. 

«Normand törtligi» mamlakatlari davlat rahbarlarining uçraşuvi 19 oktabrda Berlin şahrida Toşkent vaqti bilan soat 20:30 boşlanadi.