Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA Konfederatsiyalar kubogi turnirini bekor qilishi mumkin
FIFA prezidenti Janni Infantino ma'lum qildiki, Konfederatsiyalar kubogini o‘tkazish qanchalik maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi.
«Bu turnirni o‘tkazish qanchalik maqsadga muvofiq ekanini ko‘rib chiqish lozim. Turnirlar juda ko‘p yillar muqaddam tashkil qilingan. Bugun esa taqvimning tig‘izligini inobatga olib, bu turnirlar qanchalik kerakligini o‘ylab ko‘rishimiz lozim.
Taqvim - muhokamalar uchun haqiqiy mavzu. Bu borada barcha takliflarni eshitishga va kerak bo‘lsa, taqvimni o‘zgartirishga tayyorman.
Taqvim tizimli bo‘lishi kerak. Juft yillarda JCh va Yevropa chempionatlari o‘tkazilmoqda. Ammo negadir may oyidan foydalanmayapmiz. Balki klublar uchun shu oyda yaxshiroq turnir o‘tkazishni tashkil qilarmiz», deya Infantinoning so‘zlarini keltirgan Le Parisen.
Bundan oldinroq, FIFA klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 34taga yetkazish rejasida ekani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:30 / 10.06.2026
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
10:10 / 09.06.2026
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
20:05 / 28.05.2026
Mundial chiptalari nega rekord darajada qimmatlashib ketdi?
23:06 / 21.05.2026