TransAsia aviakompaniyasi moliyaviy muammolarga qarshi keskin choralarni qo‘llamoqda
Tayvanning jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelgan TransAsia Airways aviatashuvchisi bir kunga barcha parvozlarni bekor qildi. Bu haqda orol Markaziy yangiliklar agentligi xabar qilmoqda.
Hozircha, kompaniyaning kutilmaganda 21 noyabrda e'lon qilgan va 5 mingdan ortiq yo‘lovchilarning rejalarini ostin-ustin qilgan qarorining asl sabablari noma'lum. O‘z navbatida, Tayvan fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi aviakompaniyaga jiddiy jarima solishini ta'kidlamoqda.
Bundan tashqari, TransAsia Airways boshqaruvi rahbari va ikki nafar bosh menejyerlari aksiyalar bilan insayderlik savdosini yo‘lga qo‘yganlikda gumon qilinib, prokuraturaga chiqartirilgan. Aviakompaniya faoliyati to‘xtatilgani haqidagi xabarlardan so‘ng, uning Taybey fond birjasidagi aksiyalari qiymati keskin arzonlashib ketgan.
Ayni vaqtda, ushbu kompaniyaga tegishli aksiyalar savdosi kompaniya so‘roviga binoan to‘xtatilgan. Bugun kompaniya direktorlar kengashining favqulodda majlisi bo‘lib o‘tishi, keyinroq matbuot anjumani o‘tkazilishi kutilayapti.
TransAsia Airways – Tayvanning uchinchi eng yirik aviatashuvchi kompaniyasi hisoblanadi. U 44 ta qisqa masofalarga parvozni amalga oshiradi. 2014 va 2015 yillarda sodir bo‘lgan hamda 91 kishining umriga zomin bo‘lgan aviahalokatlar oqibatida ikkita turbovintli samolyotidan ayrilgan edi. Joriy yilning uch choragi mobaynida aviakompaniya 69,3 mln dollar miqdorida zarar ko‘rgan.
Mavzuga oid
23:51 / 18.04.2023
Tayvan Xitoy tajovuziga qarshi 400 ta raketa sotib oladi
17:05 / 05.02.2022
Tayvan Xitoy va Rossiyaning qo‘shma bayonotiga norozilik bildirdi
02:16 / 22.11.2020
AQSh Tayvan bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
14:33 / 04.11.2020