Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayvan AQShdan 600 mln dollarga jangovar dronlar sotib oladi
Avvalroq AQSh ma'muriyati Tayvanga 135 dona Slam-ER qanotli raketalari sotilishini ma'qullagandi.
AQSh ma'muriyati Tayvan armiyasi mudofaasini kuchaytirish uchun Tayvanga 600 mln dollarga to‘rt dona MQ-9 Reaper uchuvchisiz uchadigan qurilmalar sotilishini ma'qulladi. Bu haqda Le Figaroso xabar berdi.
"Bu Tayvanga o‘z qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish va ishonchli mudofaa salohiyatini saqlab qolish imkonini beradi", - deyiladi AQSh davlat departamenti bayonotida.
Avvalroq AQSh ma'muriyati Tayvanga 135 dona Slam-ER qanotli raketalari sotilishini ma'qullagandi. Ushbu shartnoma qiymati 1 mlrd dollar deb baholanmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh hukumati Tayvanga umumiy qiymati 7 mlrd dollarlik turli qurol-yarog‘lar sotishni rejalashtirgan.