Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘l tubida bir yil yotgan iPhone 4 soz holatda qolgan
Foto: Daniel Kalgren
AQShning Pensilvaniya shtatidan muhandis Deniyel Kelgrin qurib qolgan ko‘l tubidan metall qidirgich yordamida iPhone 4 smartfoni topib olgan. Smartfon loy tagida bir yildan ko‘proq qolganiga qaramasdan, ishchi holatda bo‘lgan. Bu haqda Buzzfeed News xabar bermoqda.
Smartfon yer tagida 15 sm chuqurlikdan topilgan. Erkak uni tozalab, quritib, kompyuterga ulaganda, u yoqilib ishga tushib ketgan.
"Bu smartfon men o‘sha kuni topgan yagona narsa edi. Men uning raqamini ko‘rish uchun uni yoqa oldim. Telefon egasi u hozir menda ekanligini biladi va men uni egasiga jo‘natmoqchiman", degan Kelgrin.
Smartfon egasi Maykl Gantrum ismli shaxs bo‘lib chiqqan. U telefonni 2015 yil mart oyida muz ustida baliq ovlash vaqtida ko‘lga tushirib yuborgan.
Gantrum avval telefon soz holatda ekanligiga ishonmagan, biroq unga ekranni bloklashda chiqadigan surat yuborilganda u o‘zining iPhone’ini tanigan.
Mavzuga oid
23:29 / 04.02.2026
AQSh Eronga hujum qilsa, nima bo‘ladi?
23:24 / 04.02.2026
Trampga suiqasd qilishda ayblangan shaxs umrbod qamoq jazosini oldi
22:14 / 04.02.2026
Ilon Maskning boyligi 800 milliard dollardan oshdi – Forbes
21:14 / 04.02.2026