Jahon | 07:47 / 23.11.2016
4482
1 daqiqa o‘qiladi
Lufthansa aviakompaniyasi uchuvchilari ish tashlashi yana bir kunga uzaytirildi
Germaniya uchuvchilar kasaba uyushmasi Vereinigung Cockpit Lufthansa aviakompaniyasi uchuvchilari ish tashlashi yana bir kunga, ya'ni 23 noyabr oxirigacha uzaytirilishidan ogohlantirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Kasaba uyushma xabariga ko‘ra, ish tashlash xalqaro va ichki reyslarga ta'sir qiladi. Ushbu ish tashlash Lufthansa uchun 14-raqamlisi bo‘lmoqda.
Aviakompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, 22 noyabrdagi ish tashlash belgilangan 3 mingta reysdan 876 tasining bekor qilinishiga olib kelgan va bundan 100 ming yo‘lovchi u yoki bu darajada jabr ko‘rgan. Lufthansa uchun har bir bunday ish tashlash millionlab yevro zarar keltirmoqda.
Mavzuga oid
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
08:40 / 16.10.2024
Lufthansa AQShda yahudiylar diskriminatsiyasi uchun jarimaga tortildi
11:10 / 14.10.2024
Lufthansa rahbari: GFRga parvozlar soni qisqarishda davom etadi
01:19 / 07.09.2024