Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smartfonlar uchun haydovchilarning kamroq chalg‘ishiga imkon beruvchi rejim yaratish taklif qilindi
Foto: © AP
AQSh yo‘l xavfsizligi milliy ma'muriyati (NHTSA) mobil gadjyetlar uchun haydovchilarga mashina haydash vaqtida kamroq chalg‘ishga imkon beruvchi o‘ziga xos rejim – Driver Mode yaratishni taklif qildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Taxmin qilinishicha, mobil gadjyetlarning "avia-rejim" muqobili haydovchilar zarur funksiyalarni tez va oson topishlari uchun smartfon interfeysini soddalashtiradi. Mutaxassislarning fikricha, bunday yechim haydovchilar gadjyetlardan foydalanishga sarflaydigan vaqtni ancha kamaytiradi.
NHTSA’da gadjyetning bu rejimi ham qo‘l bilan, ham avtomatik ravishda faollashishi kerak, deb hisoblashmoqda. Misol uchun, qurilma avtomobilning multimedia majmuasiga ulangan bo‘lib, avtomobil esa harakatlanishni boshlaganda.
Loyiha yaratuvchilarining g‘oyasiga ko‘ra, Driver Mode nafaqat mobil qurilma interfeysini soddalashtirishi, balki haydash vaqtida ba'zi funksiyalarni to‘liq o‘chirib qo‘yishi zarur. Misol uchun, video va suratlar ko‘rish, kitoblar o‘qish uchun dasturlarni o‘chirib qo‘yish.
Bundan avval AQShning yo‘l xavfsizligi jamg‘armasi AAA Foundation of Traffic Safety chop etgan tadqiqotga ko‘ra, avtomobilning ba'zi funksiyalarini ovoz orqali boshqarish haydovchilarni mashina haydash vaqtida mobil gadjyetdan foydalanishdan ko‘ra ko‘proq chalg‘itar ekan.
Mavzuga oid
22:27 / 01.11.2025
Smartfonlar bozorida 2025 yil yetakchilari aniqlandi
10:24 / 29.10.2025
Google yangilik qilmaydimi? Pixel 10a dizayni internetda tarqaldi
13:07 / 30.09.2025
Telefonda qanday bakteriyalar yashaydi?
22:03 / 14.07.2023