Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay politsiyasi rahbari hayotdan ko‘z yumdi
Foto:Credit: Supplied
Dubay politsiyasi rahbari general-leytenant Xamis Mattar Al-Maziyna 24 noyabr kuni tunda shahardagi Rashid shifoxonasida yurak xuruji tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida Gulf News nashri xabar berdi.
Xamis Mattar ushbu lavozimda 2013 yildan buyon xizmat qilib kelgan.
Dafn marosimi 25 noyabr, juma kuni Al-Kuzays mozorida bo‘lib o‘tdi. Janozada yuzlab kishilar uning haqqiga duo qilishdi. Shayxlar va bir qator mansabdor shaxslar ham marhumning oila a'zolariga o‘z hamdardliklarini bildirishdi.
"Xamis Mattar juda ochiq, hazil-mutoyibani o‘rniga qo‘yadigan ajoyib inson edi. U turli yangi departamentlar joriy etib hamda imkoniyatlarni yanada kengaytirib, Dubay politsiyasiga katta foyda keltirdi", - deydi Dubay politsiyasining pokistonlik xodimi.
Mavzuga oid
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026
Dubay yaqinida Kuvayt neft tankeriga hujum qilindi
22:42 / 28.03.2026