Sport | 21:18 / 26.11.2016
3932
1 daqiqa o‘qiladi

Xemilton "Formula-1" poygasining Abu-Dabi Gran-prisi saralash bosqichi g‘olibi bo‘ldi

"Mersedes" jamoasining britaniyalik poygachisi Lyuis Xemilton joriy mavsumdagi "Formula-1" poygasining so‘nggi 21-bosqichi – Abu-Dabi Gran-prisining saralash qismida eng yaxshi vaqtni ko‘rsatdi.

2-o‘rinni "Mersedes"ning yana bir poygachisi, ayni vaqtda poygada peshqadamlik qilayotgan nemis Niko Rosberg, 3-o‘rinni avstraliyalik poygachi Daniel Rikkyardo ("Red Bull") egalladi.

Oxirgi poyga oldidan umumiy hisobda Rosberg 367 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, 2-o‘rinni esa 355 ochkoga ega Xemilton egallamoqda. Rosberg o‘z faoliyatidagi birinchi chempionlik unvonini qo‘lga kiritishi uchun asosiy poygada marraga birinchi uchlikda kelishi yetarli bo‘ladi. Rikkyardo esa o‘ziga chempionatdagi uchinchi o‘rinni ta'minlab qo‘ydi. 

Asosiy poyga 27 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

 

Mavzuga oid