Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy g‘arbida zilzila oqibatida ko‘plab uylar vayron bo‘ldi
Foto: © AP Photo/Xinhua, Guo Gang, arxiv
Xitoy g‘arbida yuz bergan 6,7 magnitudali zilzila Sintszyan-Uyg‘ur muxtor tumanidagi Qizilsu-Qirg‘iz muxtor okrugidagi 100 uyning vayron bo‘lishi va 124 uyning shikastlanishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
Mahalliy ma'muriyatlarning zilzila hududiga yuborilgan vakillarining xabar berishicha, Akto uyezdida yashaydigan 130 cho‘pon evakuatsiya qilingan. Fojia hududiga chodirlar, kiyim-kechak to‘plamlari va adyollar yuborilgan.
Zilzila 25 noyabrda Pekin vaqti bilan soat 22:24da yuz bergan. 5,0 magnitudali yangi zilzilalar 26 noyabrda mahalliy vaqt bilan 17:23da qayd qilingan. Zilzila o‘chog‘i 6 km chuqurlikda bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:06 / 26.01.2026
Yaponlar pandalar bilan xayrlashmoqda – o‘zaro munosabatlar yomonlashgani tufayli Xitoy ularni qaytarib olmoqda
20:06 / 26.01.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi nazorat o‘yinida Xitoy bilan durangga erishdi
09:35 / 26.01.2026
Xitoyda nufuzli generallarga qarshi tergov boshlandi
08:42 / 26.01.2026