Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luis Enrike «Barselona» murabbiyi sifatida ilk marta o‘yinni boy berganini tan oldi
«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya chempionatining «Real Sosedad»ga qarshi mehmonda kechgan uchrashuvi (1:1) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Barselona» bosh murabbiyi sifatida birinchi marta ayta olaman – bizni o‘yin borasida mag‘lub etishdi. Chempionlikni boy berdik deb 13ta tur ortda qolgan paytda gapirish uchun hali juda erta.
Biz yaxshiroq o‘yin namoyish qilishni boshlashimiz kerak. Bu shuncha yillar ichida namoyish etgan eng yomon o‘yinimiz bo‘ldi. Ammo ishonchim komil, klassikoda umuman boshqa «Barselona»ni ko‘rasiz» - deya Enrikedan iqtibos keltiradi As.
Qayd etib o‘tish joiz, «Barselona» qatorasiga 7-o‘yinda «Anoeta»da «Sosedad»ni mag‘lubiyatga uchrata olmadi. Bundan tashqari, joriy mavsumda birinchi marta to‘p nazoratida raqibga imkoniyatni boy berdi.
Mavzuga oid
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
14:12 / 28.01.2026
YeChLda so‘nggi tur: kimga qanday natija kerak?
17:16 / 22.01.2026