Sport | 22:00 / 28.11.2016
5908
2 daqiqa o‘qiladi

OAV Dzyuba Lodiginga nima deganini aniqladi

Peterburgning «Zenit» jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba Rossiya chempionatining 15-turi doirasida «Krasnodar»ga qarshi kechgan o‘yin oxirida jamoa darvozaboni Yuriy Lodiginga e'tiroz bildirgan.

O‘yin yozuvida ko‘rish mumkinki, jamoasi ikkinchi golni o‘tkazganidan keyin Dzyuba darvozabonga o‘z noroziligini keskin ruhda bildirgan.

«Sportfakt» nashri ma'lumotiga ko‘ra, kiyim almashtirish xonasida Lodigin Dzyubadan harakatlari uchun tushuntirish so‘ragan. Bunga javoban Dzyuba unga uning xatolari «jamoani dafn etgani» haqida aytgan va darvozabonning professional futbolchi ekaniga shubhasini borligini ayon qilgan.

«Zenit» «Krasnodar»ga qarshi o‘yinda qo‘shimcha daqiqalarda o‘tkazilgan gollar tufayli 1:2 hisobida yutqazdi.

Dastlab nashrlarda, «Zenit» futbolchilari o‘yindan keyin kiyim almashtirish xonasida mushtlashib ketgani haqida xabarlar berildi. Keyinroq piterliklar klubi bu xabarlarni inkor qilib chiqdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid