«Zenit» hujumçisi Artyom Dzyuba va jamoa darvozaboni Yuriy Lodigin Rossiya çempionatining 15-turi doirasida «Krasnodar»ga qarşi keçgan va qöşimça vaqtlarda ötkazilgan 2 gol tufayli mağlubiyat bilan yakunlangan öyindan keyin özaro janjallaşib ketişgan. «Sportfakt» manbasi xabariga köra  Aleksandr Kokorin ularni ajratib qöygan.

Manbaning yozişiça, Kokorin kiyim almaştiriş xonasida Artyom Dzyuba va Yuriy Lodigin örtasiga tuşgan. Bu futbolçilar bir-birini haqoratlab bölgaç, orani oçiq qilib oliş uçun muştlarni işga solişga şaylanganida Kokorin ularni murosaga keltirgan. 

Eslatib ötamiz, Artyom Dzyuba öyinning 86-daqiqasida gol urib jamoasini olğa boşlagan, mezbonlar safida Marat Izmaylov va Tornike Okriaşvile qöşimça daqiqalarda 2ta gol urib, ğalaba qöldan boy berilgandi.

Sankt-Peterburg jamoasi bu mağlubiyatdan keyin 31 oçko bilan peşqadam  «Spartak»dan 6 oçko ortda qolmoqda, Igor Şalimov şogirdlari 27-oçko bilan uçinçi örinda joylaşgan. 

Qayd etiş kerakki, ikkinçi gol ötkazilganidan keyin öyin teletranslyatsiya vaqtida Dzyuba özini tuta olmagan epizodlar körsatilgandi.

RFPLning 13-turi doirasidagi «Krasnodar» — «Zenit» uçraşuvini «Naş futbol» telekanali orqali şarhlagan Konstantin Geniç peterburgliklar jamoasidagi içki muhit yomonligi haqida aytib ötgandi. Tvitter foydalanuvçilaridan biri Geniçdan piterliklar kiyim almaştiriş xonasida muştlaşuv röy bergani haqidagi xabarga munosabatini söragan.

«Judayam bölişi mumkin», — deya javob qaytargan şarhlovçi.

«Zenit» jamoasi matbuot xizmati rahbari Dmitriy Tsimmerman «Krasnodar»ga qarşi mağlubiyatli öyindan keyin futbolçilar özaro janjallaşgani haqidagi xabarni inkor etdi.

«Bu asossiz miş-miş. Heç qanaqa muştlaşuv bölmadi va bölmaydi ham», — deya Tsimmermanning sözlarini keltirgan «Sport-ekspress».