19:26 / 28.11.2016
6239

Rednapp Pavlyuchenko bilan bog‘liq kulgili tarixni hikoya qildi

«Tottenhem Hotspur» jamoasining sobiq bosh murabbiyi Harri Rednapp  jamoada 2008-2012 yillar davomida to‘p surgan rossiyalik hujumchi Roman Pavlyuchenko bilan bog‘liq qiziq tarixni hikoya qildi.

«Men «Tottenhem»ga endi kelganimda, Pavlyuchenkoning tarjimoni bo‘lardi. Maydonda ilk mashg‘ulotni o‘tkazdik. Qaysidir vaziyatda men Pavlyuchenkoga ko‘rsatma berdim, shunda tarjimon mening so‘zlarimni Romanga tushuntirish uchun qanot bo‘ylab chopa boshladi. Men uning kamida 8 marta tezlanish olib yugurganini kuzatdim. O‘shanda u futbolchidan ko‘ra ko‘proq va chin dildan mehnat qilayotganini bilgandim. U mashg‘ulotdan holdan toygan holda chiqdi, Pavlyuchenko esa hatto terlamagandi», — degan Rednapp BT Sport efirida.

Mavzuga oid
Top