Harri Rednapp Chempionshipda kurash olib borayotgan "Birminhem Siti" klubi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Tribuna.Uz sayti ma'lum qildi.
Hozirda shartnoma va uning muddati haqida ma'lumotlar oshkor qilinmagan.
Rednappga qadar Janfranko Dzola klub bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
43-turdan so‘ng "Birminhem" musobaqa jadvalining 20-pog‘onasida bormoqda.