Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:08 / 29.11.2016
4954
1 daqiqa o‘qiladi
China Southern Airlines aviakompaniyasining sobiq rahbari katta miqdorda pora olishda ayblanmoqda
Foto: avia2.ru
Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasining sobiq rahbari Si Syanmin 7,89 mln yuan (1,14 mln dollar) miqdorida pora olishda ayblanmoqda. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
"Si Syanmin xizmat mavqeidan foydalanishda va 2005 yildan 2014 yilgacha o‘z o‘g‘li orqali yoki shaxsan pora olishda ayblanmoqda", deb aytilgan sudga berilgan ayblov bayonotida.
Sobiq amaldorning ishi Shenchjen shahri xalq sudida ko‘rilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish