Texnologiya | 09:29 / 30.11.2016
3542
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh aholisi kiberdushanbadagi xaridlarga rekord darajadagi milliardlarni sarflashdi

Foto:nbcnews.com

AQSh aholisi 28 noyabr kungi kiberdushanbada onlayn-do‘konlardagi xaridlarga 3,45 milliard dollar sarflashdi. Bu Adobe Digital Insights ma'lumotlarida o‘z aksini topgan. 

“Qora juma”dan so‘ng elektron savdo platformalarida katta chegirmalar bilan savdo qilinuvchi kun – kiberdushanbadagi sotuvlar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 12,1 foizga ortgan. Amerikaliklar Minnatdorchilik kunidan boshlab kiberdushanbaga qadar onlayn-xaridlar uchun 12,8 mlrd dollar sarflashgan. 

“Qora juma”dagi sotuvlar esa 21,6% ga oshib, 3,34 mlrd.ni tashkil qildi. Kiberdushanbadagi xaridlarning deyarli 65 foizi stantsionar kompyuterlardan amalga oshirilgan bo‘lsa, qolgan 35% — mobil uskunalar orqali yuz berdi. Bu kungi eng katta chegirmalar - televizorlar (21,5%), planshetlar (21,3%), o‘yinchoqlar (16,2%) va jonivorlarga mo‘ljallangan tovarlarga bo‘ldi. 

Elektron mahsulotlar orasida eng ommabopi Sony PlayStation, Microsoft Xbox, Samsung televizorlari hamda Apple iPad planshetlari bo‘ldi.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid