Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Intel kompaniyasi haydovchisiz avtomobillar ishlab chiqaradigan bo‘ldi
Intel korporatsiyasi uzoq yillar haydovchisiz avtomobillar yaratish bilan shug‘ullanuvchi turli kompaniyalar uchun jihozlar ishlab chiqarardi. Endilikda Intel'ning ichida avtonom avtomobillar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan Autonomous Driving Group guruhi shakllandi.
Yangi bo‘limni kompaniyada Internet buyumlar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limning (IoT) sobiq rahbari Dag Devis boshqaradigan bo‘ldi. Unga Delphi kompaniyasidan Intel'ga o‘tgan Keti Uinter yordam beradi. IoT bo‘limi bilan bundan buyon ARM bo‘limi sobiq rahbari Tom Lanj shug‘ullanadi.
Intel kompaniyasining bu qarori nimalarga olib kelishi haqida gapirishga hali erta. Kompaniya har qanday turdagi kompyuter jihozlarini loyihalashtirish va ishlab chiqarish jabhasida faol ishlashda davom etmoqda.
Shuningdek Intel mutaxassislari mobil elektronika va Internet buyumlar bozorini faol tadqiq etishmoqda. Biroq texnologik gigant haydovchisiz avtomobillar kabi salohiyatli bozorni boy berishni istamaydi. Uning bunday mashinalarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi bo‘limni tashkil qilishi aynan shundan dalolat beradi.
Mavzuga oid
11:06 / 09.08.2025
Tramp Intel rahbarini Xitoy bilan yaqinlashib ketganlikda ayblab, iste’fo berishga chaqirdi
07:20 / 28.07.2025
Intel Germaniyada chiplar zavodi qurishdan voz kechdi
22:02 / 12.10.2024
Intel o‘z tarixidagi eng yirik inqirozga duch keldi. Kompaniya Qualcommʼga sotib yuborilishi mumkin
14:50 / 23.09.2024