Light | 20:20 / 30.11.2016
9963
3 daqiqa o‘qiladi

Oy paydo bo‘lganidayoq unda suv bo‘lganligi tasdiqlandi

Foto: hi-news.ru

Yaqinda bo‘lib o‘tgan tadqiqotlar suv faqatgina Yerga xos bo‘lgan resurs emasligiga ishora qiladi. Ehtimol, u 4,5 milliard yil avval ikkiga ajralib, Yer va Oyga aylangan qadimiy koinotning asosiy moddalaridan biri bo‘lgandir. Ni-news shu haqida ma'lumot berdi

Yosh oyning mineral tarkibi qanday shakllanganligiga doir labaratoriya simulyatsiyalari doirasida bunga bilvosita dalillar topildi. Olingan ma'lumotlar Yer va Oy paydo bo‘lgandan beri unda suv bo‘lgan yoki yo‘qligiga doir yangi uzoq bahslarga zamin yasaydi. 

"Tadqiqotlarimiz Oy paydo bo‘lgandayoq unda suv bo‘lganini ko‘rsatmoqda", - deydi Amsterdam ozodlik universitetining ilmiy jamoa rahbarlaridan biri Vim van Vestrenen.

Oy tuproq namunalarida avval ham suv izlarini topishgan, biroq bu ko‘pincha yo‘ldoshimizning sathida joylashgan yosh jins namunalari bo‘lgan. Bu o‘z navbatida, suv yo‘ldoshning dastlabki davridanoq uning bir qismi bo‘lganligi yoki u yerga asteroidlar tufayli tushib qolganligi to‘g‘risidagi savolga aniq javob bera olmadi. 

Yosh oyning shakllanish jarayonida suvning roli qanday bo‘lganligini bilish uchun Ven Vestrenen va uning hamkasblari labaratoriya sharoitlarida kichik jins namunalarini (10 milligram vaznga ega) yaratishgan, ular Oy shakllangan asos ingridiyentlarni o‘zida jamlagan. 

"Asosiy komponentlar: kremniy va kislorod, shuningdek magniy, kalsiy, temir, titan va alyuminiy", - deydi Vim van Vestrenen. Uning so‘zlariga ko‘ra, tarkib Oy sathida olib borilgan seysmik tahlil ma'lumotlariga to‘liq to‘g‘ri keladi. 

Shundan keyin olimlar jamoasi yosh Oy sharoitlariga muvofiq bo‘lgan harorat va bosim farqi yordamida Oy geologiyasining evolyutsion jarayonini simulyatsiyalashtirgan. Jarayonni ham suv bilan, ham usiz o‘tkazib ko‘rishgan.

So‘nggi tadqiqotlar Yer va Oy paydo bo‘lgan vaqtidanoq unda suv bo‘lganligini tasdiqladi. Biroq bu fikrga hamma ham qo‘shilmadi, ularning fikricha, suv bu sayyoralarda ular shakllanib bo‘lganidan keyin, asteroid va kometalar tufayli paydo bo‘lgan. 

 

Mavzuga oid