Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chevrolet har bir «Bolt»dan qancha zarar ko‘rishi ma'lum bo‘ldi
AQShning Chevrolet kompaniyasi o‘zining ixcham elektromobili Bolt savdosidan 8-9 ming dollar miqdorida zarar ko‘radi. Bu haqda, Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Shunga qaramay, Chevrolet kompaniyasining bosh marketologi Tim Maxoni Bolt brend uchun zarur ekani borasida ishonch bildirgan. Uning fikricha, elektromobil avvallari Chevrolet avtomobillarini xarid qilishni xayoliga ham keltirmagan, texnologiyalar sohasiga mukkasidan ketgan yoshlarni jalb etishga qaratilgan.
Bugungi kunda Chevrolet Bolt AQSh bozorida 36 ming 620 dollardan boshlanadi.
«Bolt»ga 200 ot kuchiga ega elektr dvigatel o‘rnatiladi. U hajmi 60 kVt*soat bo‘lgan litiy-ionli batareyadan quvvatlanadi. Chevrolet Bolt o‘rnidan soatiga 100 km tezlikka 7 soniyada erishadi. Uning maksimal tezligi soatiga 146 kmni tashkil etadi. U bir marta quvvatlangach, 320 km masofagacha bora oladi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026