Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatda Buyuk Britaniya Lordlar palatasi a'zosi bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a'zosi Muhammad Iltaf Shayx bilan uchrashuv bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi S.Safoyev bilan suhbatda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar rivojida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xizmatlari ulkan ekani qayd etildi.
– O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi Islom Karimov mamlakatni har tomonlama rivojlantirdi, butun mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashga ulkan hissa qo‘shdi, – dedi Muhammad Iltaf Shayx. – Mamlakatingizdagi tinchlikparvar siyosat, iqtisodiy taraqqiyot izchil davom etishida Prezident saylovi muhim ahamiyatga ega. Uchrashuv va suhbatlarimizda saylovchilarning huquqiy madaniyati, siyosiy jarayonlardan xabardorligi oshgani yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Yuksak mas'uliyatni his etgan O‘zbekiston xalqi o‘ziga munosib Prezident saylaydi, deb ishonamiz.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari xususida so‘z yuritildi.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026