Sport | 14:26 / 03.12.2016
13639
11 daqiqa o‘qiladi

Yilning asosiy o‘yini: «Barselona» va «Real» klasiko arafasida qay holatda? (2-qism)

Tribuna.Uz klasiko arafasida tarkib va shunga o‘xshash muammolar o‘rniga ikkala jamoaning mavsumda ko‘rsatayotgan o‘yinidan kelib chiqib, kamchiliklarini topishga harakat qilib ko‘rdi. Dunyo futbolida eng mukammal o‘yin ko‘rsatadigan ikki jamoaning o‘yin borasida yetarlicha muammolari bor, albatta.

Himoyadagi o‘yin
Himoyadan quriladigan o‘yinda ikkala jamoada o‘xshash xatoliklarni kuzatishimiz mumkin. Bunga asosiy sabab jamoaning oldingi chiziq vakillari. Zamonaviy futbolda hujum chizig‘i vakillari bir vaqtning o‘zida asosiy himoyachilar deb ham yuritiladi. Aynan ularning faol harakatlari natijasida raqibning hujumni rivojlantirish tezligi va yo‘nalishini belgilab olsa bo‘ladi.

«Real» va «Barselona» yetakchilari esa yoshi o‘tayotgani sari yangicha vazifalarga moslashib bormoqda. Ronaldu allaqachon ko‘p funksiyali yarimhimoyachi bo‘lishni yig‘ishtirib qo‘ygan. Yaqin vaqtlardan boshlab unga keng maydon bo‘ylab harakat qilayotgan hujumchi degan ta'rifni ham bermay qo‘yishdi. Bugun u eng minimal to‘pga teginish orqali hujumni yakunlovchi epizod o‘yinchisi sifatida o‘zini ko‘rsatmoqda. Portugaliyalik futbolchi himoyaga qaytib harakat qilishdan deyarli ozod qilingan. Leo Messi esa o‘yinni ko‘ra bilish qobiliyati, yuqori texnikasi bilan qanot hujumchisidan «yashirin to‘qqizlik»ka o‘tkazilgandi. Keyin ko‘proq pleymekerlik vazifasini bajara boshladi. Uning himoyaviy harakatlari esa asosan yaqinda joylashgan himoyachiga qarshi yuqori bo‘lmagan bosim bilan cheklanmoqda. Ikkala jamoa murabbiylari ham yetakchilarining asosiy vazifalari, imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanish maqsadida himoyada harakatlarini minimal darajaga qadar tushirishgan.

Ikkala jamoa ham himoyalanayotgan paytda markaziy hujumchi ampluasini egallab turish maqsadida ko‘proq 4-4-2 sxemasidan foydalanmoqda.

Ronaldu va Messining hujumdagi sheriklariga esa himoyalanish davomida konsentratsiya, ishtiyoq va o‘yin ko‘nikmalari yetishmayotgani murabbiylar uchun haqiqiy boshog‘riq bo‘lib qolmoqda. Hujumchilar buni uddalay olmagach, yarimhimoyachilar bu ishga kirishishiga to‘g‘ri kelmoqda. Natijada, qo‘shimcha qora ishlarning qo‘shilib, bo‘sh hududlarni yopish o‘rniga yakka holatda o‘zi xavfni bartaraf etish bilan shug‘ullunmoqda. Bu esa juda keng bo‘sh hududlar yaralishiga sabab bo‘lmoqda.

Hujumchilar butunlay chetda qolib ketishi natijasida raqib uchun juda katta bo‘shliyuzaga kelyapti. Natijada aslida hujumchi bo‘lishi kerak bo‘lgan zonaga yarimhimoyachi chiqib borishga majbur bo‘lmoqda. Bu pozitsion himoyalanishda chiziqlarning butunlay noto‘g‘ri joylashuviga sabab bo‘layotgani ko‘rinib turibdi. 

Taqqoslash uchun bu borada tengi yo‘q jamoaning harakatidan qarama-qarshi misol – qanday qilib aniq sxema bo‘yicha har bir amplua to‘g‘ri harakat qilishi lozim.

Standart vaziyat. Benzema konsentratsiyani yo‘qotdi va deyarli o‘yindan tashqari holatda qolmoqdaNatijada yarimhimoyachi himoyachilarning ortga qaytib olishi uchun o‘z zonasini tashlab, juda katta masofani bosib o‘tgan holda raqib qarshisiga chiqishga majbur bo‘lmoqda. To‘g‘ri taktik himoyada bu vazifani Benzemaning o‘zi bajarishi lozim edi va yarimhimoyachi yana bir qo‘shimcha hududni yopishga ulgurardi.

Pressing qilayotgan jamoaning pozitsion xatosiga yaqqol misolYarimhimoyachi to‘pni ortga oshirishgahimoyachi esa o‘z darvozasiga qaragan holda qo‘shimcha bosim ostida to‘p bilan muomala qilishga majburHujumchilar uchun kerakli harakatni amalga oshirish uchun yetarlicha sabab bor. Lekin harakatni markazdan taxminan 30 metrlar masofa bosib kelayotgan Kovachich amalga oshirmoqda va raqibni xato qilishga majburlashga urinmoqda.

Yuqoridagi suratning davomini ko‘ramiz. Himoyachi darvozabon bilan bittadan pas almashdi va raqib darvozasiga qarab joylashishga ulgurdi. Kovachich endi foydasiz harakatidan keyin ortga qaytishga ulgurmayapti, raqib esa Isko ta'qib qilmay qo‘ygan himoyachi bilan o‘ynab pressingdan juda katta bo‘sh hududga osonlik bilan chiqib ketmoqda. Benzema yarimfaol holatda, na himoyachiga bosim o‘tkazyapti va na tayanch yarimhimoyachisiga oshirilayotgan to‘p yo‘liga chiqib borayapti. Xuddi shu ta'rifni Ronalduga ham berish mumkin.

Beylning xatosidan keyin yuzaga kelayotgan epizodQarshi hujumni boshlash uchun yagona yo‘l bor. Bu vaziyatda esa «Real»ning uch hujumchisi joy tanlashdagi noto‘g‘ri qarori tufayli butunlay o‘yindan chiqib ketgan.

Ikkinchi jamoaga o‘tamiz. Buskets raqibni markaziy hujumchilardek pressing qilmoqdaRaqib o‘yinchilar soni bo‘yicha ustunlik evaziga uni ortda qoldirgach, uning ortida hyech kim to‘ldirmagan juda katta bo‘sh hududga chiqib boryapti.

Isko to‘pga tashlanayotgan Benzemani qo‘llab-quvvatlash o‘rniga «Atletik» himoyachilarini go‘yoki bosim ostida ushlab turgandek ortda qolib ketayaptiBenzemaning urinishi omadsiz chiqib, «Atletik»ning qanot futbolchisi uni aldab o‘tayapti. Jarima maydoniga yaqin joylashgan sherigi bilan birtepar uslubida o‘ynab, Marseloni ortda qoldiryaptiYakunda esa Navas darvozasi ishg‘ol qilinishiga sabab bo‘lgan pas amalga oshirilmoqda.

Yuqorida ikkala jamoa ham himoyalanayotganda 4-4-2 sexmasiga tushib olishi haqida gapirdik. Bunda hujumchilar markazga yaqinlashib o‘ynashmoqda. «Barsa»da ham «Real»da ham asosiy hujumchilarning barchasi bir vaqtda o‘ynaganida, jamoaning 4-4-2 sexmasi asosida himoyalanishi oz bo‘lsada effekt berayapti. Aniqrog‘i bu orqali jamoaning asosiy futbolchilarining ustunlik tomoni saqlanib qolmoqda. Messi ham, Ronaldu ham o‘z ishini yaxshi uddalayapti. Ammo butun boshli jamoa bu holatda zaiflashib qolmoqda.

E'tibor bersangiz, «Real» ishtirokida «quruq» uchrashuvlarning deyarli barchasida jamoa kamida bitta asosiy hujumchisiz harakat qilgan. Yorqin misol. «Atletiko»ga qarshi o‘yinda «Real» raqib darvozasi oldida yetarlicha vaziyatlar yaratib, raqibga deyarli imkoniyat bermaslikni qanday uddaladi? Axir «Atletiko» Yevropaning eng yaxshi himoyalanadigan jamoasi sanaladi, shunday emasmi? Eng qizig‘i, bu jamoa tayanchi Kazemiro va madridliklar hujumlarini tashkil etishda benazir Kroos yo‘qligida amalga oshirgani e'tiborga molik. O‘sha o‘yinda Benzema va Beyl o‘ynamadi. Ularning o‘rnida o‘sha kuni Marseloga ko‘maklashgan va tinimsiz pressinglar amalga oshirgan Isko harakat qildi. Markaziy hujumda faqatgina Ronaldu o‘ynadi va u odatdagi pozitsion hujumlarda chap qanotga o‘tib o‘ynashga majbur bo‘lmadi. Jamoa chiziqlararo har birining ortidan qo‘shimcha kuch sifatida futbolchilardan foydalandi. Yarimhimoyada ham, hujumda ham. Natija esa sizga ma'lum.

Benzema va Morata safga qaytgach, Zidan yana himoyalanishda 4-4-2 taktikasiga qaytishiga to‘g‘ri keladi. Isko zaxirada qolishini hisobga olsak, Marseloga himoyada Benzema yoki Ronaldu yordam berishi kerak bo‘ladi. Bu hujumchilarning asosiy vazifasidagi harakatlarini qiyinlashtiradi. Ustiga ustak, Benzema qanot futbolchisi emas, Ronaldu esa bunaqa ishlarni allaqachon yig‘ishtirgan.

O‘tgan mavsumda «Barselona» o‘zining eng chiroyli o‘yinlarini o‘tkazganida, 4-1-4-1 sxemasi ostida himoyalangan edi. Qizig‘i, aynan o‘sha paytda Leo Messi jarohat olib maydonga tushmayotgandi. Agar bunday chizmada Messi bo‘lganida, u himoyaga keng ko‘lamda yordam berishi va chap qanot himoyachisiga faol tarzda bosim uyushtirishiga to‘g‘ri kelardi. Yoki bu ishni Suares amalga oshirardi. Ammo bunday vaziyatlarda himoyalanish uchun uzoq masofani bosib o‘tish talab etiladi. Biroq bu ishni yosh Neymar og‘irroq bo‘lgan Suares yoki uzoq masofani bosib o‘tishda muammolarga duch kelishi mumkin bo‘lgan Messidan ko‘ra yaxshiroq bajara oladi. Aynan mana shu ustunlikdan o‘tgan yili jamoa juda yaxshi foydalangandi. Suares yaqqol forvard sifatida qarshi hujumlarga tayyor turadi. Neymar ko‘proq harakatlar evaziga himoyaga ko‘maklashadi. Bugungi kunga kelib esa «Barselona» Rakitichning faol harakatlari, himoyalanayotgan Messining o‘rnida paydo bo‘lishi orqali bu vaziyatlardan chiqib ketishni eplayapti. 

Himoyalanishda «Barselona»ning yana 4-4-2 tizimiga qaytishini aynan Messi va Suaresni raqib jarima maydoniga yaqinroq joylashishini va to‘p qayta egallab olinganda ulardan hujumda samaraliroq foydalanishni ko‘rsatib turibdi. Xuddi shunday g‘oyani hozir «Real»da Zidan ijrosidagi taktikada ham ko‘rish mumkin.

 

Yilning asosiy o‘yini: «Barselona» va «Real» klasiko arafasida qay holatda? (1-qism)

 

Mavzuga oid