Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, Alloh raşk qiladi. Mömin ham raşk qiladi. Allohning raşki – möminning Alloh xarom qilgan narsasini qilmoğidir”, dedilar”. Termiziy va Buxoriy rivoyat qilişgan.

Raşk aslida şerikçilik mumkin bölmagan narsaga şerikçilik qiliş oqibatida haq egasining ğazabi qözişini anglatadi. Köproq er-xotinning bir-birini boşqalardan qizğanişini raşk deb ataş odatga aylangan (“Zikr ahlidan sörang”, 3-juz).

Alloh taolo yer yuzida ne turli mavjudotlarni yaratgan bölsa, ularning har biriga turli salbiy va ijobiy hislatlarni ham jamlagan. Ana şunday, ham salbiy, ham ijobiy deb hisoblaş mumkin bölgan hislatlardan biri – özinikini qizğaniş hissi bölib, u insonda ham, boşqa mavjudotlarda ham bor. Bu hisni insonlarga xoslanganda uni “raşk” deb nomlanadi. Qarangki, aksar jonzotlar öz makonini, juftini va bolalarini qizğanadi. Bu yölda ular halokatga uçrasalarda, özi kabilarni va boşqa turdagi jonzotlarni yöq qilişga ham tayyor böladilar. Çunki, ularda maqsadga erişiş hissi kuçli bölib, hayvoniylik hissini jilovlaş uçun aql bölmaydi. Hamma gap ham ana şunda, ya'ni insonni boşqa jonzotlardan ajratib turadigan boş mezon aql hisoblanadi. Modomiki, aql Alloh taolo bergan imon bilan suğorilgan bölsa, insondagi raşk tuyğusini jilovlab turadi.

Qalb közining zaifligidan yoki umuman ojizligidan, aslida, ijobiy his sanalgan raşk ham hozirgi kunda salbiy illatga aylanib bormoqda. Uning me'yori buzilişi oqibatida qançadan-qança kelişmovçiliklar bölayapti, munosabatlarga darz ketayapti, mehr-oqibat kötarilib, natijada oilalarning buzilişiga olib kelayapti. Keling, bir fikr yuritib köraylik. Nima uçun raşkni ijobiy hislat deb sanayapmiz? Raşk – bu insonning bir-biriga qay darajada qadrli ekanligini, e'zozini va ikkinçi tomonning hayotida tutgan örnini belgilab beruvçi vosita, ya'ni yoqimli his sanaladi, aslida. Çunki, inson juftini qizğanişi bilan unga bölgan e'tiborini va mehrini ifoda etadi.

Raşk kabi ikki juftning örtasida keçadigan hislar samimiy va asliça bölişi uçun, avvalambor, ikki juftning munosabati işonç, samimiylik poydevoriga barpo etilgan bölişi kerak. Tasavvur qiling, bir-biriga aslida işonmaydigan va şubha bilan qaraydigan ikki juft örtasida qanday raşk bölişi mumkin? Kundalik hayotimizda turli oilaviy janjallarga sababçi bölayotgan nizolar, baqir-çaqirlar, ikki juftning bir-birini turli bölmağur işlarda ayblaşlari, ayol erini hurmat qilmaydigan, erkak ayolini e'zozlamaydigan munosabat – bu raşkmi? Aslo! Bu aslida oilada öz örnini yöqotgan erkak va ayolning raqobatiga, bir-biriga kim zörligini körsatiş borasidagi musobaqaga öxşaydi, köproq. Bu janjallaşayotgan ikki şaxsning örtasida bir-biriga rökaç qilayotgan fidoyilik u yoqda tursin, biroz bölsada iliqlik borligiga şubha qilasiz. Ular ba'zida bu rolga şu darajada kirişib ketadilarki, oilaviy mustahkamlikni asraş kabi niyatdan asar ham qolmaydi, balki maqsad faqat ğolib böliş böladi. Oqibatida, vaziyat yanada çigallaşadi, juftlar yanada bir-birlaridan uzoqlaşadilar va keyingi jangga tadorik köriladi.