Jamiyat | 13:50 / 11.10.2024
4888
1 daqiqa o‘qiladi

50 yoshdan keyin oila qurganlar soni ma’lum qilindi

Joriy yilning uchinchi choragida respublika bo‘ylab 179 ming 425 ta nikoh qayd etilgan. 

Foto: Kun.uz

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida nikohlar 149 ming 814 tani tashkil etgan (Samarqand viloyatida eng ko‘p qayd etilgan).

50 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida nikohlar — 998 ta (Toshkent shahrida eng ko‘p qayd etilgan).

104 ming 509 nafar onalar 20 yoshgacha farzandli bo‘lgan, 40 yoshdan keyin — 4 497 nafar onalar, 45 yoshdan keyin — 58 nafar onalar, 50 yoshdan keyin — 15 nafar onalar farzandli bo‘lgan. 60 yosh keyin 439 nafar, 70 yosh keyin 33 nafar otalar va 50 yosh keyin 15 nafar onalar farzandli bo‘lgan.

Eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida qayd etilgan (82 ming 808 nafar), eng kam tug‘ilish — Sirdaryo viloyatida (16 ming 577 nafar)

Mavzuga oid