Malayziyada ayol kasal eriga 6 yil g‘amxo‘rlik qildi, ammo erkak sog‘aygach, uni tashlab ketdi
Erkak ajrashganidan atigi bir hafta o‘tgach, boshqa ayolga uylangan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Avtomobil halokati tufayli olti yil to‘shakka mixlanib qolgan va shu vaqt mobaynida rafiqasi tomonidan g‘amxo‘rlik qilingan malayziyalik erkak, oyoqqa turganidan so‘ng xotini bilan ajrashdi. Ko‘p o‘tmay u boshqa ayolga uylandi.
Nurul Syazvani sobiq erini internetda samimiy tabriklagan bir paytda, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari erkakni “yaxshilikni bilmaydigan ko‘rnamak” deya keskin tanqid qilmoqda.
Syazvani 2016 yilda turmushga chiqqan. Ikki yillik nikohdan so‘ng, uning eri avtohalokatga uchradi. Oqibatda, u olti yil davomida mehnatga layoqatsiz bo‘lib qoldi. Erkak sog‘aygunga qadar Syazvani uni sadoqat bilan parvarish qildi. Har kuni uni burnidagi naycha yordamida ovqatlantirib, tagliklarni almashtirgan va yuvinishiga ko‘maklashdi.
2019 yilda ayol ijtimoiy tarmoqlarda turmush o‘rtog‘ini parvarishlash bo‘yicha tajribasini ulasha boshladi. Bu unga Facebook’da 32 000 dan ortiq obunachi to‘plashga yordam berdi.
“O‘sha paytlarda u har yo‘talganda vahimaga tushardim. Har kuni uning uchun reabilitatsiya mashqlarini o‘tkazardim, oilamdagilar biroz dam olishim uchun menga yordamga kelardi”, — deb eslaydi Syazvani.
Juftlikning bir nafar o‘g‘li bor.
Yaqinda esa ayol Facebook’da turmush o‘rtog‘ining yangi qaylig‘i bilan tushgan suratini ulashdi. U sobiq erini yangi nikohi bilan tabriklab, shunday deb yozdi: “Erimni tabriklayman. Umid qilamanki, tanlagan ayoling bilan baxtli bo‘lasan. Ayfa Ayzam, iltimos, men kabi unga g‘amxo‘rlik qil. Men uchun u bilan hammasi tugadi; endi boshqaruvni zimmangga olish navbati seniki”.

Post tezda internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortib, bahslarga sabab bo‘ldi, natijada Syazvani uni o‘chirib tashladi. Keyinroq u yana bir post yozib, er-xotin sifatida majburiyatlarini bajarganini va 6 oktyabr kuni rasman ajrashganini tushuntirdi.
U, shuningdek, farzandini birga tarbiyalamoqchiligini e’lon qildi va odamlarni ularni tanqid qilmaslikka chaqirdi. Ayol voqealarni “ba’zi bir sabablarga ko‘ra, yuz bermoqda” deb izohladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Syazvanining sobiq eri ajrashganidan atigi bir hafta o‘tgach, ikkinchi xotinga uylangan.
Internet foydalanuvchilari erkakni tanqid qilib, ayolning matonatini e’tirof etmoqda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
-
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili
O‘zbekiston | 23:31 / 15.04.2025
-
Google delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi
Fan-texnika | 23:21 / 15.04.2025
Mavzuga oid

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin

23:08 / 10.04.2025
Xitoyda oila qurish qoidalari soddalashtirildi

13:31 / 10.04.2025