Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saylov kuni korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i maxsus aksiya o‘tkazadi
Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i 4-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni xaridorlar tomonidan amalga oshiriladigan xaridlar miqdorining 10 foizi sovg‘a kartalariga o‘tkazilishini ma'lum qildi. Bu haqda tarmoqning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e'lon qilingan.
Belgilanishicha, ushbu aksiyada har bir xarid uchun beriladigan sovg‘a kartalaridagi mablag‘lar 2017 yilning 1 yanvaridan 31 yanvargacha ishlatilishi mumkin.
Qayd etish kerakki, aksiya davomida tarmoq do‘konlarining sodiqlik tizimi vaqtinchalik ishlamasligi belgilangan. Shuningdek, tarmoq tarkibiga kiruvchi Diskont va Smart turkumidagi do‘konlar ham aksiyada ishtirok etmasligi ta'kidlangan.
Mavzuga oid
18:55 / 25.10.2023
Har kun sof o‘zbek tilidan foydalansak, shuning o‘zi katta bayram: Korzinka davlat tili kunini qanday o‘tkazdi?
16:00 / 09.08.2021
Xuddi hamyondek: korzinkaGO ilovasida endi bank kartalarini qo‘shish mumkin
12:24 / 19.06.2021
korzinka.uz Qoratosh 10 yoshda: aynan hozir – yangilangan supermarketga borish vaqti!
20:00 / 02.04.2021