09:49 / 05.12.2016
16919

Yangi formatdagi Multi MaFé restoran majmuasi ochildi

2016 yil 20 Noyabrda yangi formatdagi Multi MaFé restoran majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

 
Aytish joizki, Multi MaFé restoran majmuasi oilaviy dam olishning umuman yangi talqinini taklif etadi. Jahon me'yorlari asosida tashkil etilgan majmuaning umumiy maydoni 3000 kvadrat metrga teng bo‘lib, 250 o‘ringa ega. Multi MaFé majmuasida italyan restorani, shokolateriya, «Sharkuteri» gastronomi, shirinliklarga ega candy tree hamda qahvaxonaga ega. Bundan tashqari, A La carte uslubidagi oilaviy restoran farzandlari bilan kelgan mehmonlarga vaqtlarini ajoyib tarzda o‘tkazish imkonini taqdim etadi. Eksklyuziv uslubda barpo qilingan va mavzulashtirilgan bolalar maydonchasi har qanday injiq farzandni ham ovutishi aniq.

Multi MaFé restoran majmuasida mualliflik pishirik burchagi ham mavjud. Bu yerdagi mahsulotlar shveysariyalik shef-konditer tomonidan eng yaxshi an'analar asosida tayyorlangan. Shu sababli, har bir mijoz o‘z yaqinlari va qarindoshlarini yangi pishirilgan konditerlik mahsulotlari, muzqaymoq, kruassanlar, tortlar va boshqalar bilan mehmon qilishlari mumkin. 

Restoranning yumshoq o‘rindiqli qismida eng mazali pasta, pitssa, lazanyu, raviola va mohir italyan bosh oshpazining boshqa tansiq taomlarini tanovul qilishingiz mumkin.  
Yangi foratdagi restoran majmuasining ochilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ish bilan ta'minlash bilan ham bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aholi bandligi va yangi ish o‘rinlarini barpo etish to‘g‘risidagi dasturi ijrosini ta'minlash hamda xorijiy ishchi kuchini O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatiga jalb qilish va yollash tartibiga oid Nizom (№408 19.10.1995y.) talablarini bajarish maqsadida Multi MaFé restoran majmuasida 100 dan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etildi, unda xususan litsey va kollej bitiruvchilari faoliyat olib borishadi. Shu bilan birga, mazkur loyihani amalga oshirish maqsadida Italiya va Shveytsariyadan oshpaz va konditerlar taklif qilindi.  
Shunday qilib, 2015 yil iyul oyida Qoratoshdagi MEDIAPARK savdo markazi ochilganidan beri 300 nafardan ortiq kishi doimiy ish bilan ta'minlandi. Multi MaFé restoran majmuasi ayni savdo markazining uchinchi qavatida joylashgan. 

Multi MaFé restoran majmuasining ish tartibi: har kuni 10:00 dan 22:00 gacha 
Manzil: MEDIAPARK Savdo markazi, Qoratosh, 3-qavat. 
Oriyentir: O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi. Samarqand Darvoza tomon.
Telefon: +99871 203 22 22. 

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top