TripAdvisor sayohatçilar uçun sayt dunyodagi eng yaxşi restoranlar reytingini e'lon qildi.

Ekspertlar ma'lum bir algoritmdan foydalangan holda, 2018 yil uçun ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari tomonidan qöyilgan, butun dunyo böylab restoranlarga munosabat va baholar sonini tahlil qilib çiqişdi. Eng yaxşi 25ta muassasa röyxatida birinçi örinni Fransiyadagi Au Crocodile restorani egalladi. Ikkinçi va uçinçi örinlardan Ispaniyadagi restoranlar joy oldi - Martin Berasategui va El Celler de Can Roca. Barça uçta joy Michelin yulduzlari bilan belgilangan.

Au Crocodile restorani
Foto: Au Crocodile
Martin Berasategui restorani
Foto: TripAdvisor
El Celler de Can Roca restorani
Foto: The Village

Şuningdek, jahon yetakçilari reytingiga Xitoy va AQŞdan ikkita restoran, Meksika, Janubiy Afrika Respublikasi, Yangi Zelandiya, Tailand, Peru, Hindiston, Niderlandiya, Argentina hamda Kanadadan bittadan restoran kirdi.

2018 yil iyun oyida The World’s 50 Best Restaurants restoranlar asosiy xalqaro reytingi dunyoning eng yaxşi 50ta muassasasi nomini ma'lum qildi. Italiyaning Modena şahrida joylaşgan Osteria Francescana restorani birinçi örinni egalladi.