Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng yaxshi aviakompaniyalar reytingi tuzib chiqildi

Foto: ©Emirates
AirlineRatings portali birinchi, biznes va tejamkor toifadagi eng yaxshi salonga ega aviakompaniyalar reytingini tuzib chiqdi, deb yozmoqda Daily Mail gazetasi.
Uni tuzishda yo‘lovchiga ajratilgan kenglik, innovatsion ishlanmalar, xizmat ko‘rsatish darajasi va asosiysi, salon borasida sayyohlar va ekspertlar fikrlari hisobga olindi.
O‘nta kompaniyadan iborat ro‘yxatga Singapore Airlines yetakchilik qilmoqda. AirlineRatings bosh muharriri Jyeffri Tomasning fikricha, bu aviakompaniya arzon takliflar borasida har doim yetakchi bo‘lgan. Mutaxassislar, shuningdek, o‘rindiklarning qulayligi hamda salonning doimiy ravishda yangilanib turishini ta'kidlashgan.
Ikkinchi o‘rinda Janubiy-Sharqiy Osiyoga tegishli yana bir kompaniya Koreyaning Korean Airlines aviakompaniyasi joylashtirildi. Yetakchi uchlikni Tayvanning EVA Air kompaniyasi yakunlagan. Top o‘nlikka, shuningdek, Hongkongning Cathay Pacific Airways, Qantas Airways (Avstraliya), Air New Zealand, Japan Airlines, Virgin Australia, Etihad Airways va All Nippon Airways aviakompaniyalari kiritilgan. .
Birinchi toifa salonlari tasnifida Etihad Airways birinchi o‘ringa joylashtirilgan. Kompaniya o‘z mijozlariga mehmonxonalarda bo‘lgani kabi, eshikli, krovat va kursili xonani taqdim etadi. Ularga, 7ta taomdan iborat taomnoma taqdim etiladi. Ular uchun dush kabinasi ham mavjud.
Hashamatli salonlar borasida ikkinchida Singapore Airlines turibdi. Uchinchida Emirates aviakompaniyasi joylashgan. Top o‘nlikka Qantas Airways, Cathay Pacific, Air France, British Airways, All Nippon Airways, Lufthansa va Korean Airlines kiritilgan.
Biznes toifadagi Top-10likni Avstraliyaning Virgin Australia kompaniyasi boshqarmoqda. Premium-arzon toifasidagi reytingga Yangi Zelandiyaning Air New Zealand aviakompaniyasi yetakchilik qilmoqda. Bundan tashqari, AirlineRatings Air New Zealand kompaniyasini 2017 yilning eng yaxshi aviakompaniyasi deb e'lon qildi. Kuchli uchlikka Qantas Airways va Singapore Airlines ham kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

15:05 / 10.07.2025
Ish va hayot balansi eng yaxshi bo‘lgan davlatlar reytingi tuzildi

15:47 / 27.06.2025
Fitch O‘zbekiston suveren reytingini «BB-»dan «BB»ga o‘zgartirdi

10:33 / 23.06.2025
Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

15:24 / 18.06.2025