Visual Capitalist platformasi Broadband Genie ma’lumotlari asosida tayyorlagan tahlilda turli mamlakatlardagi statsionar keng polosali internetning örtaça oylik narxi taqqoslangan.

Tadqiqot natijalariga köra, internet narxi eng arzon va eng qimmat mamlakatlar örtasidagi farq 140 barobardan ham ortiqni taşkil etgan.

Reytingda Fransiyaning Tinç okeanidagi Uollis va Futuna hududi eng qimmat internet bozori sifatida qayd etilgan. Keyingi örinlarni Turkmaniston hamda Terks va Kaykos orollari egallagan.

Mutaxassislar bu holatni asosan geografik omillar bilan izohlamoqda. Eng qimmat internet bozorlarining 25 tasidan 18 tasi orol davlatlari yoki orol hududlari hisoblanadi. Bunday hududlarda internet infratuzilmasini quriş va saqlaş xarajatlari yuqori bölib, bu xarajatlar nisbatan kam sonli abonentlar örtasida taqsimlanadi.



Şu bilan birga, aholi sonining kamligi va raqobat muhitining çeklanganligi ham narxlarning yuqori bölişiga ta’sir körsatadi.

Tahlilda qayd etilişiça, sönggi ön yilda internetdan foydalanuvçilar soni jadal ösgan. Agar 2015 yilda dunyo aholisining 43 foizi internetga ulangan bölsa, 2025 yilga kelib bu körsatkiç 68 foizga yetgan. Şu sababli internet xizmatlarining iqtisodiy jihatdan hamma uçun oçiq bölişi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Reytingning ikkinçi uçida esa internet narxi juda past bölgan mamlakatlar joylaşgan. Eng arzon internet Eronda qayd etilgan. Mutaxassislar buni milliy valuta qiymatining pasayişi va davlat subsidiyalari bilan izohlamoqda.

Erondan keyin Ukraina, Efiopiya va Bangladeş internet eng arzon davlatlar qatoriga kirgan.

Qiziği şundaki, arzon internet har doim ham xizmat sifati past degani emas. Masalan, Ruminiya va Vetnam internet narxi böyiça eng arzon davlatlar qatorida bölişi bilan birga, statsionar internet tezligi böyiça ham dunyo yetakçilari safiga kiradi.

Bu holat kuçli raqobat muhiti va zamonaviy infratuzilmaga kiritilgan investitsiyalar bir vaqtning özida ham arzon narx, ham yuqori sifatni ta’minlaşi mumkinligini körsatadi.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlaşiça, Uollis va Futunada internet narxi Erondagi örtaça oylik tölovdan taxminan 143 barobar yuqori.

Ekspertlar buni internetning global tarmoq bölişiga qaramasdan, uning jismoniy infratuzilmaga qattiq boğliqligi bilan izohlaydi. Bugungi kunda jahon internet trafigining qariyb 99 foizi suvosti kabellari orqali uzatiladi. Ma’lumot uzatişning asosiy yönalişlaridan uzoqda joylaşgan davlatlar esa yuqori infratuzilma xarajatlariga duç keladi va bu oxir-oqibat internet narxlarida aks etadi.

Mutaxassislar fikriça, raqamli xizmatlar iqtisodiyot, ta’lim, mehnat bozori va kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanib borayotgan bir paytda, internetning arzon va sifatli bölişi mamlakatlarning raqamli taraqqiyoti uçun muhim omillardan biri hisoblanadi.