Xitoyda HHKlariga beshinchi avlod qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish boshlandi
Xitoyning beshinchi avlod J-20A qiruvchi samolyoti Xitoy milliy-ozodlik armiyasi harbiy-havo kuchlari safiga yetkazib berila boshlandi. Harbiy bazalardan biriga tegishli ekanini bildiruvchi raqamga ega samolyot surati Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Modern Chinese Warplanes sahifasida e'lon qilingan. Yangi turdagi harbiy havo kemasi HHK 176-brigadasi tarkibiga kelib qo‘shilgan.
J-20A samolyoti og‘ir ko‘pmaqsadli qiruvchi samolyotining beshinchi avlodidir. 2002 yilda uning ustida izlanishlar boshlangan. Ilk prototip 2011 yilda havoga ko‘tarilgan. Samolyotga oid aniq raqamlar mavjud emas, ammo ayrim taxminlarga ko‘ra, samolyotlarga Rossiyaning AL-31FN va AL-41F1S dvigatellari o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.
Harbiy havo kemasi tuzilishiga ko‘ra Amerikaning F-22 va Rossiyaning MiG-1.44 prototipiga xos ayrim jihatlarni takrorlaydi.
Mavzuga oid
23:30 / 07.02.2023
Eron birinchi marta yerosti aviabazasini namoyish etdi
23:54 / 15.05.2020
AQShda beshinchi avlod F-22 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
14:24 / 04.10.2018
S-300 effekti. AQSh Suriyada yana F-22 qiruvchilarini qo‘llashi mumkin
23:14 / 01.09.2018