Suriyaga Rossiyada işlab çiqarilgan S-300 zenit raketa komplekslari topşirilganidan söng, Qöşma Ştatlar Suriya Arab Respublikasi hududidagi harbiy harakatlarda yana F-22 qiruvçilaridan foydalanişni boşlaşi mumkin. Bu haqda The Drive xabar qilmoqda.

C-300/Foto: RIA Novosti 

Ta'kidlanişiça, hozirda Qöşma Ştatlar Suriya hukumati tomonidan nazorat qilinmaydigan hududlarda qiruvçilardan foydalanmoqda.

Şuningdek, naşrning ta'kidlaşiça, Damaşq C-300’ni qöllaşni taxminan uç oydan keyin boşlaşi mumkin. Bundan taşqari, The Drive ma'lumotlariga köra, Rossiya tomonidan taqdim etilgan zenit raketa komplekslari mamlakatning şimoliy-ğarbiy mintaqasini qamrab oliş uçun yetarli bölmasligi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq YeI Suriyada jangarilar qurolsizlanişi uçun pul ajratişga tayyor ekani xabar berilgandi.

F-22/Foto: Depositphotos