Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bosh kotibi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilishini aytdi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Kiyevning mudofaa sohasida salohiyatni yaratish va o‘rgatish masalalarida qo‘llab-quvvatlanishi kuchaytirilishini aytdi, deb xabar bermoqda «Interfaks-Ukraina».
«Yevropa Ittifoqi va NATO Ukrainani siyosiy va amaliy qo‘llab-quvvatlaydi, biz mudofaa sohasida islohotlar va modernizatsiyani amalga oshirishda yordam bermoqdamiz. Bugun biz salohiyatni yaratish, o‘rgatish masalalarida ko‘mak ko‘rsatishda yaqindan hamkorlik qilishimizni aytamiz. Biz yanada samaraliroq bo‘lishimiz mumkin", deb aytdi Stoltenberg NATOga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining 6 dekabrdagi Bryusseldagi yig‘ilishida.
O‘z navbatida Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Yevropa Ittifoqining Ukrainaga yordami iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar va korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilganini aytdi.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026