Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
Germaniya hukumati Ukraina Qurolli kuchlarini o‘q-dori bilan ta’minlash maqsadida Chexiya tashabbusi doirasida qo‘shimcha 300 million yevro ajratishini ma’lum qildi. Berlin ushbu mablag‘ hisobidan taxminan 50 ming dona o‘q-dori sotib olinishini rejalashtirmoqda.
Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Chexiya mudofaa vaziri Yaromir Zuna bilan Berlinda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ajratilayotgan mablag‘ Ukraina armiyasi uchun qo‘shimcha ravishda qariyb 50 ming dona o‘q-dori xarid qilish imkonini beradi.
Germaniya tashabbusning eng yirik donori hisoblanadi
Germaniya hozirda Chexiya boshchiligida amalga oshirilayotgan o‘q-dori xarid qilish dasturining eng katta moliyaviy hamkorlaridan biri sanaladi. Faqat 2025 yilning o‘zida Berlin mazkur tashabbus uchun jami 1 milliard yevro mablag‘ ajratgan.
Chexiya tashabbusi Ukraina uchun zarur bo‘lgan artilleriya snaryadlarini Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan uchinchi davlatlardan sotib olishni nazarda tutadi.
Chexiya 2026 yilgacha Ukrainaga millionlab snaryad yetkazib berishni rejalashtirmoqda
Mazkur dastur 2024 yil fevralida Chexiyaning sobiq bosh vaziri Petr Fiala qo‘llab-quvvatlovi bilan ishga tushirilgan edi.
2025 yil dekabrida hukumat rahbarligiga Andrey Babish kelgach, tashabbus taqdiri bo‘yicha bahslar paydo bo‘lgan. Yangi hukumat dasturni bekor qilish imkoniyatini ham ko‘rib chiqqan. Biroq keyinchalik Praga loyihani davom ettirishga rozilik bildirgan, ammo Chexiya budjeti hisobidan mablag‘ ajratmaslik shartini qo‘ygan.
Chexiya Mudofaa vazirligi may oyi oxirida mavjud shartnomalarga muvofiq, 2026 yil oxiriga qadar Ukraina Qurolli kuchlariga taxminan 1 million dona snaryad yetkazib berilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon Ukraina armiyasi allaqachon 500 mingga yaqin o‘q-dori qabul qilib olgan.
Loyihani moliyalashtiruvchi davlatlar soni qisqargan
Chexiya prezidenti Petr Pavel Financial Times nashriga bergan intervyusida tashabbusni moliyalashtirayotgan mamlakatlar soni so‘nggi bir yil ichida sezilarli kamayganini ta’kidladi.
Uning aytishicha, 2025 yilda loyihani 18 davlat qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, hozirda ularning soni 9 taga tushib qolgan.
Prezidentning bildirishicha, ushbu tashabbusning kelgusi taqdiri 7–8 iyul kunlari Turkiyaning Anqara shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan NATO sammitida muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026