Jahon | 09:47 / 08.12.2016
5935
2 daqiqa o‘qiladi

Havayida Perl-Harbor voqealarining 75-yilligi munosabati bilan maxsus marosim o‘tkazildi

Havayida chorshanba kuni Yaponiyaning AQShga qarashli Perl-Harbor bazasiga hujum uyushtirganiga 75-yil to‘lishi munosabati bilan maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Bu voqea Tinch okeanida urush boshlanishiga sababchi bo‘lgan.

1941 yilning 7 dekabr kuni yuz bergan kutilmagan hujum oqibatida 2,4 mingdan ziyod kishi halok bo‘lgan bo‘lib, 1,2 ming inson jarohat olgan. AQSh Tinch okeani flotining katta qismi esa ishdan chiqarilgan. AQSh o‘sha kunning o‘zidayoq Yaponiyaga urush e'lon qilib, 1945 yilning 2 sentabr kuni uning taslim bo‘lishiga erishgan.

Perl-Harbor bazasidagi marosimda 1941 yildagi hujumda omon qolgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. 

Tinch okeani qo‘mondonligi rahbari admiral Garri Garrisning ma'lum qilishicha, Perl-Harborga hujum “barcha yo‘nalishlar bo‘yicha halokatli oqibatlarga olib kelgan”. 

Marosim hujum ro‘y bergan kuni bortida deyarli 1,2 ming kishi halok bo‘lgan “Arizona” kemasi cho‘kib ketgan joy yonida o‘tkazildi. Veteranlar kema yotgan joy ustidan maxsus kemada suzib o‘tib, suvga gulchambarlarni tashlashdi.

Mavzuga oid