Havayi ştatidagi Kilauea vulqoni harakatga keldi, deb xabar beradi CNN. AQŞ Geologiya xizmatining ma’lum qilişiça, vulqon mahalliy vaqt bilan soat 02:00 larda faollaşgan.
Bayonotda aytilişiça, vulqon faolligi kun böyi davom etgan, ammo uning otilişi mahalliy aholiga heç qanday xavf tuğdirmagan.
Lava taxminan 650 akr yerni qoplagan, şuningdek, vulqon otilişi oqibatida katta miqdorda gaz ajralib çiqişi ham kuzatilgan.
Bundan taşqari, takroriy faollik ehtimoli tufayli vulqon diqqat bilan kuzatilmoqda. Kilauea — dunyodagi eng faol vulqonlardan biri bölib, u 1983 yildan beri harakatda.
Vulqon çöqqisi Milliy boğning yopiq hududida joylaşgan, şu bois lava odamlar hamda aholi punktlariga xavf tuğdirmaydi. Ammo mutaxassislar suv buğlari, karbonat angidrid va oltingugurt dioksidining ortişi şamol orqali tarqalişi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Bunday holatda vulqon smogi hosil böladi. Şuningdek, aviareyslarni tahdiddan boxabar qiliş maqsadida «aviatsiya qizil kodi» e’lon qilingan.
Eslatib ötamiz, noyabr oyida Islandiyadagi Reykyanes yarimorolida joylaşgan vulqon yettinçi marotaba harakatga kelgandi. Öşanda vulqon otilişi oqibatida hukumat Grindavik şahri aholisini evakuatsiya qiliş böyiça qaror qabul qilgan.

















