Jamiyat | 17:38 / 08.12.2016
8327
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya kompaniyasi musulmon bolalariga atab multfilm tayyorladi

Barakah Hills deb nomlangan multfilmning asosiy qahramonlari Abdulloh va uning oilasi etib tasvirlandi.

The Telegraph nashrining yozishicha, Avstraliyadagi musulmon yetakchilari One4Kids kompaniyasi tomonidan suratga olingan “Peppning cho‘chqachasi” multfilmini qo‘llab-quvvatlashgan. Kartinaning bosh qahramonlari Barakah Hills shahrida yashovchi Abdulloh va uning oilasi etib tasvirlangan.

Bundan tashqari, kompaniya tomonidan ishlangan ushbu multfilm orqali bolalar arab tilini ham o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz: 2014 yilda Buyuk Britaniya musulmonlari “Peppning cho‘chqachasi” multfilmiga qarshi chiqishgan edi. Ular buni “Islomni haqorat qilish”, deb hisoblashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid