Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston va Gruziya tashqi ishlar vazirliklarining siyosiy maslahatlashuvlari o‘tkazildi
2016 yilning 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Gruziya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari David Jalaganiya boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi doirasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Gruziya munosabatlarining dolzarb masalalari hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik muhokama qilindi.
Uchrashuvda ta'kidlanganidek, ikki mamlakatda ham turli daraja va turli shakllarda muntazam muloqot olib borish muhim ahamiyat kasb etadi, jumladan O‘zbekiston va Gruziya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni faollashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor.
Muzokaralar davomida hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosi hamda uni kengaytirish bo‘yicha takliflar batafsil ko‘rib chiqildi.
Maslahatlashuvlarda Gruziya Elchisi Konstantin Jgenti ishtirok etdi.
Mavzuga oid
13:24 / 05.05.2025
Moskvada O‘zbekiston va Rossiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
23:10 / 26.10.2024
Gruziyada parlament saylovlari yakunlandi. Hukmron partiya va muxolifat o‘z g‘alabasini e’lon qildi
21:11 / 21.10.2024