Tramp eng yirik avtomobil kompaniyalardan birining sobiq rahbarini AQSh davlat kotibi etib tayinlashi mumkin
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘z ma'muriyati davlat kotibi lavozimiga Ford Motor kompaniyasining sobiq rahbari Alan Mulallini tayinlashi mumkin. Bu haqda ABC telekompaniyasi xabar berdi. Ta'kidlanishicha, amerika tashqi siyosat mahkamasi rahbari lavozimiga nomzodlar ro‘yxati tinimsiz ravishda kengayib bormoqda.
ABC’ning aniqlik kiritishicha, Mulalli ro‘yxatda ExxonMobile rahbari Reks Tillersondan so‘ng ikkinchi yirik biznes vakilidir.
Telekompaniyaning eslatishicha, Tramp tomonidan davlat kotibi lavozimiga ko‘rib chiqilayotgan nomzodlar orasida Nyu-York sobiq hokimi Rudolf Juliani, tashqi ishlar bo‘yicha senat qo‘mitasi raisi Bob Korker, AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili Jon Bolton, AQSh prezidentligiga sobiq respublikachi nomzod Mitt Romni, shuningdek NATOning Yevropadagi Birlashgan qurolli kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni, iste'fodagi admiral Jyeyms Stavridis ham bor.
Hozirda 71 yoshda bo‘lgan Mulalli esa Kanzas shtati universitetida muhandislik yo‘nalishida tahsil olib, 1960 yillar oxirida Boeing kompaniyasiga ishga kelgan. U Ford Motor’ni 2006 yilning sentabr oyida qabul qilib olib, yirik moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida kompaniyaning barqaror ishlashini ta'minlab berdi. Mulalli 2014 yilning iyulida Ford Motor rahbarligidan ketib, ayni damda Google kompaniyasi direktor kengashi tarkibiga kiradi.
Tramp esa AQShning yangi davlat kotibi kim bo‘lishi haqidagi savolga javob berarkan, o‘z qarorini “yaqin kunlar ichida” ma'lum qilishini aytib o‘tdi. Siyosatshunoslarning fikricha, bu holat kelasi haftada ro‘y berishi mumkin.
Mavzuga oid
13:58 / 08.11.2024
«Tramp urushlarni to‘xtata olmaydi» – amerikalik siyosatshunos Jyennifer Brik
12:46 / 08.11.2024
Ikki marta ayollarni yutgan Tramp: AQShning yangi-eski prezidenti haqida qiziqarli ma’lumotlar
12:37 / 08.11.2024
Puerto-Riko aholisi yana bir bor AQSh tarkibiga qo‘shilish uchun ovoz berdi
09:59 / 08.11.2024