19:03 / 09.12.2016
5332

Xiaomi elektromobil taqdim etishi mumkin

Xiaomi kompaniyasi Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida yangi mahsulot tizerini taqdim etdi. Aftidan bu yangi elektromobilning anonsi, deb xabar berdi Gizmochina.

Tarmoqda chop etilgan bannerda avtomobil shinalari izini ko‘rish mumkin. «E-ABS» yozuvi esa elektron yopilishga qarshi tizim qo‘llab-quvvatlanishi ko‘rsatadi. Xitoy iyerogliflari kruiz-nazorat va teshikli tormoz disklaridan so‘zlaydi. Biroq, bu oddiy avtomobil ham bo‘lishi mumkin.

Xiaomi elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarib shug‘ullanishi hisobga olinsa, aynan elektromobil taqdim etilishi haqiqatga yaqinroq. Yangi mahsulot 2016 yilning 12 dekabr kuni namoyish etiladi.

Kompaniya bosh direktori Ley Yun esa o‘tgan yili yaqin besh yil davomida elektromobillar ishlab chiqarilmasligini aytib o‘tgan edi. 
 

 

Mavzuga oid
Top