Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» «Osasuna»ni yirik hisobda yengib, turnir jadvalida «Real»ga yaqinlashib oldi
Ispaniya Primerasining 15-turida «Barselona» «Osasuna» maydoniga safar qildi va 3:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Kataloniyaliklar jamoasining barcha gollari ikkinchi bo‘limda urildi. 59-daqiqada Luis Suares hisobni ochdi, 72-daqiqada Lionel Messi ustunlikni mustahkamladi, uning o‘zi o‘yinga qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada dubl qayd etib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Bu g‘alaba evaziga Luis Enrike shogirdlari Ispaniya chempionatidagi duranglar seriyasini (3ta o‘yin) to‘xtatdi.
Endilikda Primera turnir jadvalida «Barselona» «Real» bilan oradagi 6 ochkolik farqni 3 ochkoga qisqartirdi. Madridliklar jamoasi bu turdagi uchrashuvini endi «Deportivo»ga qarshi o‘tkazadi.
Osasuna – Barselona 0:3
Gollar: 0:1 – 59 Suares, 0:2 – 72 Messi, 0:3 – 90+2 Messi.
Osasuna – Peres, Ivan Markes, Flano (Garsiya Subiriya, 46), Klerk, de la Kuevas, Sanxurxo (Bonnin, 63), Chaushich, Torres, Berenger, Leon, Riyera (Kodro, 70).
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Andre Gomesh (Rafinya, 76), Serdji Roberto, Inesta, Buskets, Turan (Suares, 65), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Sanxurxo (27), Ivan Markes (52), Torres (84).
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026