Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqiblari ochko yo‘qotgan turda «Bavariya» yirik hisobda g‘alaba qozonib, birinchi o‘ringa ko‘tarildi
Foto: Getty Images
Germaniya chempionatida 14-tur o‘yinlari davom etmoqda. «Bavariya» o‘z maydonida «Volfsburg» klubini qabul qildi.
Myunxenliklar uchrashuvda katta tashabbusga ega bo‘lib, raqibni yirik hisobda mag‘lub etishdi - 5:0.
Myunxenliklar jamoasi tarkibida gollarga Aren Robben, Tomas Myuller, Duglas Kosta va Robert Levandovski mualliflik qildi. Polshalik hujumchi klub faoliyatidagi 200-golini nishonladi.
Bu g‘alaba evaziga «Bavariya» chempionat turnir jadvalida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra «RB Leyptsig»ni quvib o‘tdi. Leyptsigliklar «Ingolshtadt»ga qarshi o‘yinda yutqazib, mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Endilikda Bundesliganing ikki yetakchisi 33 ochkodan to‘plagan, ammo bavariyaliklar urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar nisbatiga ko‘ra oldinda.
Qolgan uchrashuvlarda «Hamburg» «Augsburg»ni, «Frayburg» esa «Darmshtadt»ni bir xilda, 1:0 hisoblari bilan yengdi.
Bavariya – Volfsburg 5:0
Gollar: 1:0 – 18 Robben, 2:0 – 22 Levandovski, 3:0 – 58 Levandovski, 4:0 – 76 Myuller, 5:0 – 86 Duglas Kosta.
Bavariya – Noyyer, Martines, Bernat, Alaba, Robben, Lam, Vidal (Xabi Alonso, 71), Alkantara (Rafinya, 81), Riberi (Duglas Kosta, 77), Myuller, Levandovski.
Volfsburg – Benalo, Knoxe, Bruma, Shefer (Xorn, 22), Rodriges, Kalidjuri, Blashchikovski (Viyeyrinya, 83), Gilavogi, Gerxardt, Mayoral (Mebius, 61), Gomes.
Ogohlantirishlar: Alkantara (25).
Hamburg – Augsburg 1:0
Gol: 1:0 – 68 Kostich.
Gamburg – Mateniya, Djuru, Ostjolek, Duglas Santos, Sakai, Gregorich (Vud, 67), Yung, Holtbi, Myuller (Spaxich, 89), Kostich (Ekdal, 85), Dikmayyer.
Augsburg – Xitts, Xinteregger, Yanker, Stafilidis (Gu Chja Chxol, 82), Maks (Usami, 69), Kor, Bayyer, Xalil Altyntop (Kachar, 69), Shmid, Verxag, Chji Don Von.
Ogohlantirishlar: Xinteregger (23), Shmid (46), Kor (57), Juru (62), Stafilidis (74).
Chetlatish: Xoltbi (44), Kor (66).
Frayburg – Darmshtadt 1:0
Gol: 1:0 – 86, penalti Petersen.
Frayburg – Shvolov, Seyundjyu, Gulde, Gyunter, Shtentsel, Xaberer (Petersen, 63), Shuster, Grifo, Frantts, Kyubler (Xefler, 46), Niderlexner (Nilsen, 90).
Darmshtadt – Esser, Sulu, Xolland (Shtro-Engel, 88), Fedetskiy, Sirigu, Gondorf, Vranchich, Rozental (Klyaynxaysler, 72), Nimayyer, Xeller, Shipplok (Bezyak, 81).
Ogohlantirishlar: Shuster (10), Vranchich (23), Shtentsel (38), Shipplok (42), Xefler (61), Gondorf (84), Esser (85).
Mavzuga oid
14:09 / 09.02.2026
«Real» chempionlik poygasida qoldi, «Inter», «Bavariya» va «PSJ» raqiblarini yo‘q qilmoqda
14:27 / 04.02.2026
Hamburgda “Shimoliy oqim” ishi bo‘yicha gumonlanuvchining shikoyatlariga javob berildi
13:37 / 29.01.2026
Lissabonda drama. Darvozabon «Real»ga gol urib, jamoasini pley-offga olib chiqdi
12:32 / 22.01.2026