Sport | 21:18 / 12.12.2016
10736
2 daqiqa o‘qiladi

Mxitaryanning APLdagi tarixiy goli armanistonlik mashhur komikni sochlaridan ayirdi

Armanistonlik taniqli komik Garik Martirosyan "MYu"ning armanistonlik futbolchisi Genrix Mxitaryan APLning navbatdagi turida gol ursa, sochini kalga oldirishni va'da qilgandi. U o‘z so‘zida turdi.

Manchesterliklar jamoasining Yevropa Ligasi guruh bosqichida "Zarya"ga qarshi o‘tkazgan o‘yinida Mxitaryan gol urganidan keyin, Martirosyan agar u "Tottenhem"ga ham gol ursa, kal bo‘lib yurishni va'da qilgandi. Mxitaryan esa "shporlar"ga qarshi o‘yindagi g‘alaba goli muallifi bo‘ldi.

O‘yindan keyin Martirosyan o‘z instagramida yangi suratini joyladi. "Mxitaryan gol urdi! "Manchester Yunayted" g‘alaba qozondi! Martirosyan aytdimi — bajaradi! GO Mkhitaryan!!! GO MU!!!!!" — deya surat ostiga izoh yozgan shoumen.

Eslatib o‘tamiz, Mxitaryan APLda gol urgan ilk armanistonlik futbolchi bo‘ldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid