«Mançester Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Joze Mourino Yevropa Ligasining 4-turida «Fenerbahçe»dan uçralgan mağlubiyatdan keyin jamoa yarim himoyaçisi Genrix Mxitaryanning jamoadagi örni haqida gapirdi.
Bu futbolçi katta mablağ evaziga yozgi transferlar vaqtida Dortmundning «Borussiya» jamoasidan olib kelingan, ammo u hozirça asosiy tarkibga kira olmadi.
«Barçasi oddiy. U şunçaki köproq iş bajarişi kerak. Bu jamoadan köp narsa kutişadi va uning pozitsiyasida köplab futbolçilar bor. Mxitaryan Mata, Lingard va Marsiyaldan yaxşiroq öynaşi kerak xolos.
Har bir murabbiy öyinlarni yutişni istaydi, har bir murabbiy uning nazdida yaxşiroq formada bölgan futbolçidan foydalanadi. Bu yerda boşqa gap yöq, mening sababim ham şu», — deya portugaliyalik murabbiyning sözlarini keltirgan klub sayti.
Mxitaryan Turkiyadagi bahsda 10 sentabrdan beri ilk marta mançesterliklar safida maydonga tuşdi. 27 yoşli armanistonlik futbolçi 61-daqiqada Markus Reşfordni almaştirdi.












