Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arsen Venger: «Xudo dunyoni 7 kunda yaratgan, bu mavsum – biz uchun yettinchi kundek»
«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger YeChLning nimchorak finalida yana «Bavariya» raqib bo‘lganiga o‘ziga xos tarzda munosabat bildirdi.
«Biz shuning uchun bu yerdamizki, tarixni o‘zgartirmoqchimiz.
Keyingi 6 yilda biz Chempionlar ligasining birinchi bosqichidan o‘ta olmayapmiz. Xudo dunyoni 7 kunda yaratgan, bu mavsum – biz uchun yettinchi kundek. Bu mavsum biz uchun alohida ahamiyatga ega.
Bu safar bizda ikkinchi o‘yinni uyda o‘tkazish ustunligi bor. Agar biz safarda yaxshi o‘ynasak, o‘z uyimizda barchasini hal qilishimiz mumkin bo‘ladi.
Chempionatdagi holatimiz yaxshi – Chempionlar ligasiga ko‘proq e'tibora qaratishimiz mumkin. Hozirda o‘zimizga ishonch juda yuqori. Bu juda muhimdir», – deya Vengerning so‘zlarini keltirgan The Telegraph.
Jamoalarning birinchi uchrashuvi Myunxenda, keyingi yilning 15 fevralida bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvi 7 martga belgilangan.
«Arsenal» va «Bavariya» Chempionlar Ligasining 2013/14 yilgi mavsumida ham nimchorak finalda o‘zaro uchrashgandi. O‘shanda nemislar ustun kelgan (2:0, 1:1).
Mavzuga oid
22:20 / 29.04.2026
PSJ va «Bavariya» futbol sha’ni uchun jang qilib, birgalikda g‘olib bo‘lishdi
14:07 / 29.04.2026
Finaldan oldingi final. «PSJ» va «Bavariya» tarixiy o‘yin o‘tkazdi
23:03 / 19.04.2026
«Bavariya» muddatidan oldin Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
04:10 / 16.04.2026