Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda shahar politsiya boshqarmasining barcha xodimlari ishdan bo‘shab ketishdi
AQShning Indiana shtatidagi Banker Xill shahri politsiyasiz qoldi. Bu holat shahar politsiyasi boshlig‘i va uning xodimlari ishdan ketish haqida ariza yozishgach, sodir bo‘ldi, deb xabar qiladi Guns.com
Ma'lumotlarga ko‘ra, iste'foga shahar ma'muriyati bilan mojaro sabab bo‘lgan. Sobiq politsiyachilarning xabar berishicha, ularni shahar kengashi a'zolarini kuzatish va tarjimai hollarini tekshirishga majburlashgan.
Shahar ma'muriyatida esa politsiyachilarning ayblovlari yolg‘on ekanini ma'lum qilib, xodimlarga nisbatan hech qanday noqonuniy harakatlar sodir etilmaganini aytib o‘tishgan.
Ma'lumot uchun, Banker Xill aholisi – 900 kishini tashkil qiladi. Shahar politsiya boshqarmasi esa boshliq va to‘rt zobitdan iborat bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13 / 09.06.2026